Sami Khedira
|
| |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Sami Khedira[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1987-yil 4-aprel | ||
| Tavallud joyi | Stuttgart, Germaniya | ||
| Boʻyi | 1.89 m[2] | ||
| Ampluasi | Yarim himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Real Madrid (yordamchi murabbiy) | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 1992—1995 | TV Oeffingen | ||
| 1995—2004 | VfB Stuttgart | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2004—2006 | VfB Stuttgart II | 21 | (1) |
| 2006—2010 | VfB Stuttgart | 98 | (14) |
| 2010—2015 | Real Madrid | 102 | (6) |
| 2015—2021 | Juventus | 99 | (21) |
| 2021 | Hertha BSC | 9 | (0) |
| Total | 329 | (42) | |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2003—2004 | Germaniya U17 | 10 | (2) |
| 2007—2009 | Germaniya U21 | 15 | (5) |
| 2009—2018 | Germaniya | 77 | (7) |
Medallar | |||
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Sami Khedira[3] (olmoncha: Sami Khedira ; arabcha: سامي خضيرة; 1987-yil 4-aprelda, Stuttgartda tugʻilgan) — germaniyalik sobiq professional futbolchi, markaziy yarim himoyachi sifatida oʻynagan[4]. Hozirda u La Liganing „Real Madrid“ klubida yordamchi murabbiy hisoblanadi.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Shtutgart
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bundesligadagi debyutini 2006-yil 1-oktybarda Gerta jamoasiga qarshi oʻyinda oʻtkazgan. 2007-yil 29-yanvarda Shtutgart bilan 2009-yil iyun oyigacha boʻlgan shartnoma imzolagan. 2008-yil 9-iyulida shartnomasini 2011-yilgacha uzaytirgan. Jamoada tayanch yarim himoyachi sifatida maydonga tushgan, bir oz muddat jamoaning ikkinchi sardori ham boʻlgan.
Real Madrid
[tahrir | manbasini tahrirlash]2010-yilning yozida Madridning „Real“ jamoasiga tarkibiga oʻtgan. Transfer summasi 12 million yevroni tashkil etgan. 2012-yil 21-aprel kuni boʻlib oʻtgan mehmondagi oʻyinda „Real“ning azaliy raqibi hisoblangan Barcelona darvozasiga toʻp kiritgan va oʻyinda jamoasi 1:2 hisobida gʻalaba qozongan.
Germaniya terma jamoasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Germaniya terma jamoasidagi debyutini 2009-yil 5-sentyabrda JARga qarshi oʻtgan oʻrtoqlik uchrashuvida oʻz debyutini oʻtkazgan. Terma jamoaning asosiy oʻyinchilarining koʻplab jarohati sababli Sami 2010-yilgi jahon chempionati tarkibiga kiritilgan. Mundialda oʻtkazilgan barcha oʻyinlarda ishtirok etgan va maydon markazidagi oʻyinlari yuqori baholanib, maqtovlarga sazovor boʻlgan. 3-oʻrin uchun Urugvay bilan boʻlgan bahsda u gol urishga ham erishgan.
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klubda
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Germaniya chempioni: 2007
- Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
- Ispaniya chempioni: 2011/12
- Ispaniya superkubogi sohibi: 2012
Terma jamoada
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Yoshlar oʻrtasida Yevropa chempioni: 2009
- Jahon chempionati bronza mukofoti: 2010
- Yevropa chempionati bronza mukofoti: 2012
Shaxsiy yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]UEFA Yevropa turniri ramziy jamoasi: 2012
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Acta del Partido celebrado el 07 de marzo de 2015, en Bilbao“ [Minutes of the Match held on 7 March 2015, in Bilbao] (es). Royal Spanish Football Federation. 2022-yil 5-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 18-iyun.
