Raymond Kopa
|
Raymond 1963-yilda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Raymond "Kopa" Kopaszewski[1] | ||
| Tavallud sanasi | 1931-yil 13-oktyabr | ||
| Tavallud joyi | Nœux-les-Mines, Fransiya | ||
| Vafot sanasi |
3-mart 2017-yil (85 yoshda)[1] | ||
| Vafot joyi | Anje, Fransiya[1] | ||
| Boʻyi | 1.68 m (5 ft 6 in) | ||
| Ampluasi | Hujumchi | ||
| Laqabi | Futbol Napoleoni | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 1949–1951 | Angers SCO | 60 | (15) |
| 1951–1956 | Reims | 158 | (48) |
| 1956–1959 | Real Madrid | 79 | (24) |
| 1959–1967 | Reims | 244 | (36) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 1952–1962 | Fransiya | 45 | (18) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) | |||
Raymon Kopa (fransuzcha: Raymond Kopa, tugʻilganda Kopashevskiy (polyakcha: Kopaszewski), 13-oktabr 1931-yil, Ne-le-Min (Pa-da-Kale), Fransiya) — kelib chiqishi polyak boʻlgan fransiyalik futbolchi. Hujumchi. 50-60-yillarda Yevropaning eng yaxshi futbolchilaridan biri hisoblanadi.
Oʻynagan klublari: „Anjers“ (1949-1951), „Stad de Reyms“ (1951-1956; 1959-1967), „Real Madrid“ (1956—1959).
Fransiya terma jamoasi safida 1952-1962 yillarda 45 ta oʻyin oʻtkazgan.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Fransiyada Polshadan kelgan emigrant konchilar oilasida tavallud topgan. Oʻz faoliyatini oʻng qanot hujumchisi sifatida boshladi va keyin markaziy hujumchi sifatida oʻynay boshladi. 1958-yildagi jahon chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi, chempionat natijasiga koʻra, Fransiya bronza medali sohibi boʻldi. Shu sababdan ham 1958-yili „Oltin toʻp“ sovriniga ega boʻldi. Afsuski, oyogʻining sinishi va uni davolash uchun oʻtkazilgan operatsiyalar natijasida 1967-yilda oʻz faoliyatini tugatishga majbur boʻldi[2].
Erishgan natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Fransiya chempioni: 1953, 1955, 1960, 1962
- Ispaniya chempioni: 1957, 1958
- Yevropa chempionlari kubogi (3): 1957, 1958, 1959
- Yevropa chempionlari kubogi finalchisi: 1956
- Lotin kubogi sohibi: 1953, 1957
- Lotin kubogi finalchisi: 1955
- Jahon chempionati bronza medal sohibi: 1958
- „Oltin toʻp“ sohibi: 1958
- „Kumush toʻp“ sohibi: 1959
- „Bronza toʻp“ sohibi: 1956, 1957
- 1970-yil 30-noyabrda Fahriy legion ordeni bilan mukofotlangan. (bu orden bilan mukofotlangan birinchi futbolchi)
- FIFA 100 roʻyxatiga kiritilgan.
