Geran
| Geran | |
|---|---|
|
| |
| Ilmiy tasniflash | |
| Olam: | O‘simliklar |
| Tip: | Tomirli o‘simliklar |
| Sinf: | Gulli o‘simliklar |
| Turkum: | Geraniales |
| Oila: | Yoronguldoshlar |
| Urugʻ: | Geranium |
| Turlari: | 422 ta |
Geran (ilmiy nomi: Geranium) — yoronguldoshlar oilasiga mansub, bir yillik, ikki yillik va koʻp yillik oʻsimliklarning 422 turini oʻz ichiga oluvchi urugʻ. Ular odatda geranlar, chidamli geranlar yoki turna tumshuqlari deb ataladi. Geranium turlari dunyoning moʻtadil mintaqalarida va tropiklarning togʻli hududlarida uchraydi. Eng katta xilma-xillik Oʻrta yer dengizi mintaqasining sharqiy qismida kuzatiladi[1].
Panjasimon qirqilgan barglari keng doirasimon shaklda boʻladi. Gullari beshta gulbargli boʻlib, oq, pushti, binafsha yoki koʻk rangda, koʻpincha oʻziga xos tomirchalari bilan ajralib turadi. Geran suvi botqoqlanmagan har qanday tuproqda oʻsaveradi[2]. Yozda yarim pishgan qalamchalardan, urugʻidan yoki kuz va bahorda ildizini boʻlish orqali koʻpaytiriladi[3].
Geran jigarrang dumli kuya, sharpa kapalagi va tunlam kabi baʼzi bir tangachaqanotlilarning lichinkalari uchun ozuqa hisoblanadi. Geranning kamida bir nechta turi ginodioetsiyaga xosdir[4][5][6]. Yopishqoq geran (Geranium viscosissimum) turi protokarnivor (ilk hasharotxoʻr) oʻsimlik hisoblanadi[7].
Nomi
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu turkumning nomi qadimgi yunoncha γέρανος (géranos), yaʼni „turna“ soʻzidan olingan. Inglizcha „cranesbill“ nomi esa baʼzi turlar mevasining gʻilofi turnaning boshi va tumshugʻiga oʻxshashligidan kelib chiqqan. Bunda mevaning tuguncha qismi boshni, choʻzinchoq ustunchasi esa tumshuq koʻrinishini hosil qiladi[8][9].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Gullari odatda beshta gulbargli, rangi oqdan binafsha ranggacha boʻladi. Barglari panjasimon boʻlib, ingichka, uchli boʻlaklarga ajralgan[8].
Meva koʻsagi gulning markazidan oʻsib chiqqan ustunga birikkan beshta uyachadan iborat. Bu uyachalar boʻlakchalarni hosil qiladi va ular pishgach bir-biridan ajraladi, har birining ichida bittadan urugʻ boʻladi. Meva pishganda, tumshuqsimon ustunchasi birdan ochilib, tuxum shaklidagi silliq urugʻlarni ancha masofaga otib yuboradi va shu tariqa urugʻlar tarqaladi[10].
Pelargonium bilan adashtirish
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chalgʻituvchi jihati shundaki, „geran“ soʻzi ayni paytda Geraniaceae oilasiga mansub va manzarali oʻsimlik sifatida keng oʻstiriladigan Pelargonium urugʻi vakillarining ham umumiy nomidir. Dastlab Linnaeus barcha turlarni Geranium nomi ostida bitta turkumga birlashtirgan, biroq keyinchalik, 1789-yilda Charles L’Heritier ularni ikkita alohida turkumga ajratgan[11]. Turkumning sobiq vakillaridan baʼzilari, jumladan, Shimoliy Amerikada „filari“ nomi bilan tanilgan oʻsimliklar hozirda Erodium turkumi tarkibiga kiritilgan[12].
„Sovuqqa chidamli geran“ atamasi koʻpincha manzarali geranlarni moʻtadil iqlim sharoitida qishga chidamsiz boʻlgan pelargoniumlardan farqlash uchun qoʻllaniladi[13][14]. Biroq geranning barcha turlari ham sovuqqa chidamli emas[15].
Gullarning shakli Geranium va Pelargonium turkumlarini bir-biridan farqlash imkonini beradi. Geran gullari bir-biriga juda oʻxshash beshta gulbargdan iborat boʻlib, radial simmetrik (aktinomorf) tuzilishga ega. Pelargonium (va Erodium) gullarida esa yuqoridagi ikkita gulbarg pastdagi uchta gulbargdan farq qiladi, shu sababli bu gullar yagona simmetriya tekisligiga (zigomorf) ega boʻladi[16][17].
Oʻstirilishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Geraniumning bir qator turlari bogʻdorchilikda va farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarish uchun oʻstiriladi. Eng koʻp ekiladigan turlarga quyidagilar kiradi:
- Geranium albanum (tojli geranium)
- Geranium cinereum
- Geranium clarkei (Clarke geraniumi)
- Geranium dalmaticum
- Geranium endressii (Endres geraniumi)
- Geranium erianthum (junli geranium)
- Geranium fremontii (Fremont geraniumi)
- Geranium himalayense, koʻpincha Geranium grandiflorum nomi ostida sotiladi
- Geranium ibericum (Kavkaz geraniumi)
- Geranium macrorrhizum (yirik ildizli geranium)
- Geranium maculatum (yovvoyi geranium)
- Geranium maderense (ulkan geranium)
- Geranium × magnificum (koʻrkam geranium)
- Geranium phaeum (toʻq rangli geranium)
- Geranium platypetalum (keng tojbargli geranium)
- Geranium pratense (oʻtloq geraniumi)
- Geranium psilostemon (arman geraniumi)
- Geranium renardii (Renard geraniumi)
- Geranium sanguineum (qonrang geranium)
- Geranium subcaulescens (kulrang geranium)
- Geranium sylvaticum (oʻrmon geraniumi)
Yuqorida sanab oʻtilgan turlarning barchasi koʻp yillik va odatda qishga chidamli oʻsimliklar boʻlib, jozibador gullari va barglari uchun ekiladi. Ular uzoq yashaydi va aksariyati toʻp-toʻp boʻlib oʻsadi, barglari esa panjasimon boʻlakchalidir. Baʼzi turlarining ildizpoyalari yoyilib oʻsadi. Ular odatda qisman soyadan to toʻliq quyosh tushadigan, yaxshi quritilgan, ammo namlikni saqlaydigan, gumusga boy tuproqlarda oʻstiriladi[18]. Gullari va barglari uchun yetishtiriladigan boshqa koʻp yillik turlarga quyidagilar kiradi: Geranium argenteum, G. eriostemon, G. farreri, G. nodosum, G. procurrens, G. pylzowianum, G. renardii, G. traversii, G. tuberosum, G. versicolor, G. wallichianum va G. wlassovianum. Ularning baʼzilari sovuq hududlarda qishga chidamli emas va alpariy (tosh bogʻlar) kabi maxsus bogʻlarda oʻstiriladi[19]. Geranium „Johnsonʼs Blue“ navi G. himalayense (Janubi-gʻarbiy Xitoy) va G. pratense (Yevropa oʻtloq geraniumi) turlarining duragayidir[20].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Allaby, Michael. The Dictionary of Science for Gardeners: 6000 Scientific Terms Explored and Explained (en). Timber Press, 26 August 2015. ISBN 978-1-60469-483-3. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Tibballs, Geoff. 100 Plants That Won't Die in Your Garden (en). Little, Brown Book Group, 2017-03-09. ISBN 978-1-4721-3800-2.
- ↑ Brickell, Christopher. American Horticultural Society Encyclopedia of Plants and Flowers (en). Penguin, 2011-08-15. ISBN 978-0-7566-7508-0.
- ↑ Hessing, M. B. 1989. Variation in self-fertility and floral characters of Geranium caespitosum (Geraniaceae) along an elevational gradient. Plant Systematics and Evolution 166:225-241.
- ↑ Van Etten and Chang 2014. Frequency-dependent pollinator discrimination acts against female plants in the gynodioecious Geranium maculatum Annals of Botany 114:1769–1778
- ↑ Elzinga, Jelmer A.; Varga, Sandra (2017). "Prolonged stigma and flower lifespan in females of the gynodioecious plant Geranium sylvaticum". Flora 226: 72–81. doi:10.1016/j.flora.2016.11.007. https://jyx.jyu.fi/bitstream/123456789/52505/1/elzingavarga1s2.0s0367253016301694main.pdf.[sayt ishlamaydi]
- ↑ Spomer, George G. (1999). "Evidence of Protocarnivorous Capabilities in Geranium viscosissimum and Potentilla arguta and Other Sticky Plants" (en). International Journal of Plant Sciences 160 (1): 98–101. doi:10.1086/314109. ISSN 1058-5893. http://www.journals.uchicago.edu/doi/10.1086/314109.
- 1 2 Taylor, Ronald J.. Sagebrush Country: A Wildflower Sanctuary, rev. (en), Missoula, MT: Mountain Press Pub. Co, 1994 — 62-bet. ISBN 0-87842-280-3. OCLC 25708726.
- ↑ „Geranium homeanum“ (en-AU). Australian Plants Society (2024-yil 17-yanvar). Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Stamp, Nancy E.; Lucas, Jeffrey R. (1983). "Ecological Correlates of Explosive Seed Dispersal". Oecologia 59 (2/3): 272–278. doi:10.1007/BF00378848. ISSN 0029-8549. PMID 28310244. https://www.jstor.org/stable/4217097.
- ↑ Lis-Balchin, Maria. Geranium and Pelargonium: History of Nomenclature, Usage and Cultivation (en). CRC Press, 2002-10-03. ISBN 978-0-203-21653-8.
- ↑ Armitage, Allan M.. Herbaceous Perennial Plants: A Treatise on their Identification, Culture, and Garden Attributes (en). Quarto Publishing Group USA, 2008-05-01. ISBN 978-1-61058-380-0.
- ↑ Parer, Robin. The Plant Lover's Guide to Hardy Geraniums (en). Timber Press, 20 April 2016. ISBN 978-1-60469-418-5.
- ↑ „Geranium or Pelargonium? Let's Stop the Confusion“ (en-US). Laidback Gardener. Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ „Geranium Climate: Sun and Temperature“. geraniumpage.com. [sayt ishlamaydi]
- ↑ Chris „Pelargonium incarnatum - Is it a Geranium? No it's a Pelargonium“ (en-GB). Phillipskop Mountain Reserve (2015-yil 28-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ „Tom Karwin, On Gardening | Visiting the Geranium family“ (en-US). Santa Cruz Sentinel (2022-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2024-yil 5-aprel.
- ↑ Phillips, Ellen; Colston Burrell, C. (1993), Rodale's illustrated encyclopedia of perennials, Emmaus, Pa.: Rodale Press, 373–76-bet, ISBN 978-0-87596-570-3
- ↑ Jelitto, Leo; Schacht, Wilhelm; Epp, Michael E.; Baumgardt (ed. and transl.), John Philip (1990), Hardy herbaceous perennials, 1-jild, Portland, OR: Timber Press, 260–64-bet, ISBN 978-0-88192-159-5
- ↑ „Paghat's Garden“. Paghat.com. 2006-yil 16-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 17-sentyabr.